Mirzaobod tumani sessiyasida mutasaddi rahbarlar ishiga tanqidiy baho berildi

10.11.2023, 15:45

Mirzaobod tumani sessiyasida mutasaddi rahbarlar ishiga tanqidiy baho berildi

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining 75-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tumani hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, jamoat va boshqa tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga asosan 2 ta masala, ya’ni Mirzaobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarning holati hamda kelgusida belgilangan asosiy vazifalar to‘g‘risida va Mirzaobod tumanida suv rusurslaridan unumli foydalanishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi muhokama etildi.

Birinchi masala yuzasidan Mirzaobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i B.Xatamov axborot berdi.

Ta’kidlanganidek, 2023-2024 yillarning qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda tuman aholisini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozoriga mahsulot yetkazib berilishini tizimli monitoring qilish hamda nazoratni yo‘lga qo‘yish va narxlarning asossiz o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman bo‘yicha 2023-2024 yillarning qish-baxor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan extiyojini ta’minlash maqsadida “Marjonbuloq fayzi” MChJ, "Bek klaster" MChJ, "Bunyodkor go‘sht sut savdo" MChJ hamda
“FS LOGISTICS” MChJ tomonidan jami 383 tonna, shundan, kartoshka
227 tonna, piyoz 31 tonna, sabzi 85 tonna hamda 40 tonna guruch mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish qo‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda kartoshka 30 tonna, rejaga nisbatan 13 %, piyoz 143 tonna, rejaga nisbatan 464 % hamda 142 tonna guruch mahsulotlari rejaga nisbatan 142 % jami 315 tonna yoki 82 foiz mahsulotlar zaxira sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jamg‘arilgan.

Bugungi kunda 5 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborxonalari va sovutish sig‘imlari mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 3300 tonnani tashkil etadi.

Sessiyada kun tartibidagi ikkinchi masala, Mirzaobod tumanida suv rusurslaridan unumli foydalanishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risida Mirzaobod tumani Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i S.Yunusov hisobot berdi.

Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman irrigatsiya bo‘limi hisobida 16 ta 93,2 km uzunlikdagi xo‘jaliklararo kanallar mavjud bo‘lib, ushbu kanallarda jami 133 ta gidrotexnik inshoatlar joylashgan.

Tumanda vegetatsiya mavsumida 184 mln. m3 suv hamda novegetatsiya mavsumida 70,4 mln. m3 suv 5000 gektar g‘alla maydonlari va 7500 gektar paxta maydoni, 1438 gektar aholi tomorqasi hamda 2106 gektar boshqa maydonlarni sug‘orish ishlarini amalga oshirish uchun iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli suv yetkazib berildi.

Tumanda 2019-2023 yillar davomida jami 1 ta qishloq xo‘jalik maxsulotlari yetishtiruvchi korxonasi tomonidan 1971,0 gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi.

Ushbu texnologiyalar qo‘llanilishi o‘laroq tumanda jami 1971,0 gektar maydonlarida tomchilatib sug‘orish joriy etilnganligi bois 7,602 mln. m3 suv iqtisod qilindi.

2023 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tumandagi sug‘oriladigan ekin maydonlarida jami 258,0 gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etish rejalashtirilgan bo‘lsa hisobot davrida, 18 ta konturda 1 ta qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi korxonasining 258 gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilindi.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan hududda o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar va kamchiliklar ro‘y-rost aytildi, ko‘tarilgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan sessiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    92
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+