Qonliko‘llik xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

10.11.2023, 16:55

Qonliko‘llik xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

O’zLiDeP Qonliko‘l tuman Kengashi tomonidan «Sog‘lom oila -  mustahkam oila» loyihasi doirasida “Do‘stlik” MFYda mahalla xotin-qizlari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Mamlakatimizda barcha sohalar singari tibbiyot sohasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. “O’zbekiston - 2030” strategiyasida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohaga ajratiladigan mablag‘larni oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash, kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish borasida aniq vazifalar begilab berilgan.

Shuningdek, Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish,  onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish, homiladorlar va bolalarda irsiy-genetik kasalliklarni erta aniqlash hamda davolash jarayonlarini xalqaro standartlarga mos ravishda amalga oshirish va ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.

Strategiyada belgilan mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida loyiha doirasida mahalla xotin-qizlari uchun tajribali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    119
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+