O’zLiDeP “Ayollar qanoti” ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatyapti

10.11.2023, 16:59

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatyapti

Bugun yurtimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmanova, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Sevara Muslimova, partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Diyora Boltayevalar Qibray tumanidagi “Batik” hamda “SHAHANTEKS” tekstil korxonasida bo‘lib, korxonada mehnat qilayotgan ayollar bilan uchrashishdi.

“Ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlar bilan ish jarayoni ustida suhbatlashilib, ularga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi.

Xususan, strategiyada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish masalalari qamrab olingani haqida so‘z yuritildi.

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning munosib mehnati va turmushi, qobiliyat va salohiyatini namoyish etishi uchun shart-sharoit yaratish, onalik va bolalikni, oila institutini muhofaza qilish, jamiyatda xotin-qizlarning roli va maqomini oshirish bundan keyin ham O`zLiDeP ning eng muhim vazifalari bo‘lib qolishi aytildi.

Dildan suhbat asnosida xotin-qizlarning ta’lim olish, ijtimoiy uy-joylar bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, ish bilan bandlik, mehnat muhofazasiga doir muammolari birma-bir tinglandi. Ayollarning muammolarini joyida bartaraf etish choralari ko‘rilib, tegishli tartibda ko‘maklashish maqsadida amaliy chora-tadbirlar mexanizmi ishlab chiqildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    93
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+