Talaba yoshlarga partiyaviy loyihalarning ahamiyati xususida ma’lumot berildi

22.11.2023, 16:25

Talaba yoshlarga partiyaviy loyihalarning ahamiyati xususida ma’lumot berildi

Partiya Yoshlar qanoti tashabbusi bilan «O’zLiDeP yoshlar bilan» loyihasi doirasida O’zbekiston milliy universiteti talaba-yoshlar ishtirokida muloqot tashkil qilindi. Muloqotda asosiy e’tibor partiyaning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratildi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, Yoshlar parlamenti Raisi o‘rinbosari O.Sobitov tomonidan «O’zbekiston–2030» strategiyasining mazmun-mohiyati, erishiladigan natijalar, yutuqlar, mamlakatimizda so‘ngi yillarda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Universitet talaba yoshlari tomonidan bugungi kunda siyosiy partiyalarning o‘rni va mohiyati, Parlamentdagi islohotlar yuzasidan fikrlar tinglandi.

  • Ko'rildi
    97
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+