Nurobodda 3 ta maktab faoliyati o‘rganilganda muammolar borligi aniqlandi

23.11.2023, 18:49

Nurobodda 3 ta maktab faoliyati o‘rganilganda muammolar borligi aniqlandi

O’zLiDeP Samarqand viloyati va Nurobod tuman Kengashlarida tuzilgan deputatlar, partiya faxriylari va faollardan iborat ishchi guruh a’zolari, hamkor tashkilot vakillari bilan hamkorlikda “O’zbekiston – 2030” strategiyasinining birinchi bandida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati olib borildi. Partiya vakillari umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo‘lga qo‘yish, toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlash holati yuzasidan tumandagi 1, 10, 11-maktablarni  o‘rgandi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan 11 - maktabi o‘rganilganda sinf xonalari bugungi talabga javob bermasligi, xonalar yorug‘llik darajasi juda pastligi, toza ichimlik suvi buloqdan keladigan suvdan foydalanilayotganligi, suvni yaroqliligi bo‘yicha birorta labaratoriyadan o‘tkazilgan xujjatlari mavjud emasligi qayd etildi.

Isitish tizimi ko‘mir bilan isitishga muljallangan bo‘lib, maktab kuz-qish mavsumi uchun 3 oyga 25 tonna ko‘mir ajratilgan. Ammo ajratilgan ko‘mir ushbu miqdorda emasligi ishchi guruhning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, 10 - maktab 530 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 1200 nafar o‘quvchi 2 smenada ta’lim olmoqda. 2023 yil 70 nafar bitiruvchilardan 53 nafari oliygohlarga o‘qishga kirganligi ishchi guruh tomonidan e’tirof etildi. Kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilganda ushbu maktabda ham toza ichimlik suvida muammolar borligi qayd etildi.

Ishchi guruh a’zolari 1- maktabni borib ko‘rishganda 750 o‘ringa ega bo‘lgan mazkur maktabda 1500 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Ta’lim muassasi ma’sullari maktabda sinf xonalari yetishmasligini ishchi guruh a’zolariga murojjat qilib, shu masalada amaliy yordam so‘rashdi.

Kunning ikkinchi yarimida o‘rganish yakunlari bo‘yicha Nurobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari, tuman moliya bo‘limi mudiri hamda tuman davlat sanitariya va epidemologiya-osoyishtalik  markazi bo‘lim boshlig‘ining  axborotlari eshitildi. Yig‘ilish yakunida ishchi guruh hamda deputatlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Maktablardagi toza ichimlik suvi bilan ta’minlash holati va qo‘shimcha bino masalasi bo‘yicha Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi sessiyasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Nodir To‘rayev,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+