Hosilga yaroqsiz yerlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha qilanayotgan ishlar o‘rganilmoqda

28.11.2023, 15:45

Hosilga yaroqsiz yerlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha qilanayotgan ishlar o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi tashkil etildi. Unda viloyatda hosilga yaroqsiz yerlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha qilanayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputatlik eshituvdan oldin xalq vakillari Tuproqqal’a, Shovot va Qo‘shko‘pir tumanlarida yerlarni o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritish borasida qilinayotgan ishlarni obdan o‘rgandilar. O’rganishlar yakunlari yuzasidan viloyat Qishoq xo‘jaligi boshqarmasi mas’ullarining axboroti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, Xorazm viloyatida irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlarini amalga oshirish hisobidan 2023 yilda 1400 gektar, 2024 yilda 3200 gektar maydon qayta foydalanishga kiritilishi rejalashtirilgan.

Shundan 2023 yilda foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan maydonlar xisobidan, Qo‘shko‘pir tumanida 250 gektar, Shovot tumanida 150 gektar, yaylov maydonlarini o‘zlashtirish hisobidan Tuproqqal’a tumanida 1000 gektar maydon foydalanishga kiritilishi maqsad qilingan.

2024 yilda jami 3200 gektar maydon shundan; sug‘oriladigan maydonlar xisobidan Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Urgan, Xazorasp, Shovot, Yangiariq, Yangibozor tumanlaridan jami 1150 gektar, yaylov maydonlarini o‘zlashtirish hisobidan Tuproqqal’a tumanida 2050 gektar maydon qayta foydalanishga kiritiladi.

Viloyatdagi kollektor bo‘ylarida qo‘shimcha 200 gektar shundan, klasterlarda 150 gektar va fermer xo‘jaliklarda 50 gektar, suv xo‘jalik tashkilotlarida 50 gektar qo‘shimcha yer maydonlari o‘zlashtirilgan.

Yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ham soha mutaxassislari ma’lumot berib o‘tishdi.

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali joriy yilda jami 40 153 gektar, shundan 3119 gektar paxta va bog‘ maydonlarida tomchilatib sug‘orish; 1323 gektar g‘alla maydonlarda yomg‘irlatib sug‘orish; 35 710 gektar maydonlarda lazerli tekislash ishlari bajarilgan. Buning natijasida 300 million kub metr suv tejalgan va 21 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilangan.

Kelgusi yilda bu ishlar davom ettirilib, 6338 gektar paxta va bog‘ maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 2000 gektar g‘alla maydonlarda yomg‘irlatib sug‘orish, 28 023 gektar maydonda lazerli tekislash ishlari olib boriladi.

Qishloq xo‘jaligida bu kabi agrotexnik tadbirlar ko‘lami yanada kengaytirilayotgani, mavjud imkoniyat, bilim, kuch hamda vositalar ishga solininayotgani alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda xalq vakillari kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi vakilining hisoboti qoniqarli deb topildi. Deputatlar muhokama etilgan masalalar yuzasidan deputatlik guruhi a’zolari tomonidan doimiy nazorat va tahlil ishlarini olib borish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

  • Ko'rildi
    117
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+