Partiyaning qutlug‘ yoshini nishonlash tadbirlari xayrli ishlarga ulanib ketdi

30.11.2023, 11:10

Partiyaning qutlug‘ yoshini nishonlash tadbirlari xayrli ishlarga ulanib ketdi

Angren shahridagi muhtasham “Angrenlend” to‘yxonasida partiya tashkil topganligining qutlug‘ 20 yilligi keng nishonlandi.

Tadbirda so‘z olganlar partiyaning tashkil topish tarixi haqida fikr yuritisharkan, mazkur jamoat tashkilotining o‘z hayotlaridagi o‘rni, uning atrofida yakdillik bilan jipslashish orqali erishilgan yutuqlar, yurtimizda ison qadrini ulug‘lash, xalqni rozi qilish, ertangi farovon hayotni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlarda partiyaning islohotchiligi haqida o‘z mulohazalarini bildirishdi.

Partiya Angren shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Mukaddam Narbayeva esa yurtimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berilayotgani xususida to‘xtaldi.

Bugungi tadbirni tashkillashtirishdan ko‘zlangan maqsad ham aqlan va jismonan nuqsoni bo‘lgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratligini qayd etdi.

Tantanali tadbirda shuningdek, 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya aksiyasi ham tashkil etildi. Shuningdek, tadbirga taklif etilgan bir guruh imkoniyati cheklangan shaxslarga zaruriy anjomlardan iborat partiyaning esdalik sovg‘alari xadya qilindi.

Tadbirda 20 yil mobaynida Angren shahridagi partiya tashkilotlari safida birlashib, aholi o‘rtasida uning obro‘si va mavqeini oshirish, imidjini shakllantirishda hamqadamlik qilgan partiya faollari va faxriylari, BPTlari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga partiya tashkil topganligining 20 yilligi munosabati bilan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari tantanali ravishda taqdim etildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    89
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+