Deputatlik eshituvda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi

05.12.2023, 12:03

Deputatlik eshituvda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda Samarqand shaharda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, markazlashgan kapital qo‘yilmalar hisobidan aholi punktlarida ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda tarmoqlar tortish ijrosi ahvoli to‘g‘risida soha mas’ullarining hisobotlari eshitildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Samarqand shahar bo‘limi texnik ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i A.Abdullayevning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, Samarqand shahrida bugungi kunda 550 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi va ichimlik suv bo‘yicha ta’minlaganlik darajasi shaharda 99.1 % oqava suv xizmati bo‘yicha 80 % tashkil etadi.

Shaharning ichimlik suv ta’minoti Zarafshon daryosining yoqasida joylashgan ikkita Chupon-ota va Dagbit suv inshootlardan yer osti suv manbaalari orqali ta’minlanadi. Bugungi kunda shaharda 123 ta ichimlik suv quduqlari (skvajinalar) mavjud bo‘lib, shundan 20 tasi ta’mirtalab, nasoslar soni esa 176 dona mavjud bo‘lib shundan 46 tasi ta’mirtalab, shuningdek, oqova suv inshootlari bo‘yicha jami 357,11 km oqova suvi tarmog‘i, shundan, 32,10 km yoki 29,5 foizi, mavjud 6 ta oqova suvlarni tozalash inshootlari bo‘lib, 1 tasi ta’mirtalab ekanligi qayd etildi.

Ma’ruzada qayd etilishicha, 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha 3 ta ko‘chada o‘tgan uzunligi 1.4 km diametri 100 va 150 mm.li suv tarmoqlari mukammal hamda 9 ta ko‘chalaridagi uzunligi 1.2 km diametri 100, 150, 200, 600 va 1000 mm.li ichimlik suv tarmoqlari joriy ta’mirlangan.

2023 yil yakuni bilan Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan "Obod qishoq" dasturi doirasida 3,9 mlrd.so‘m, manbalar hisobidan 2 dona suv inshootni rekonstruksiya qilish hamda ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari qurish rejalashtirilgan ishlar natijasida, shahar bo‘yicha  6 877 ming nafar aholining ichimlik suv va oqova ta’minoti yaxshilanadi.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan muhokama qilingan masalalar yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar berildi, rejalashtirilgan ishlar shahar Kengashi deputatlari tomonidan nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Fazliddin G’aybullayev,

O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    89
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+