Namanganda ishbilarmon ayollar safi ortib bormoqda

27.12.2023, 17:04

Namanganda ishbilarmon ayollar safi ortib bormoqda

O’zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tomonidan “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida «O’zbekiston — 2030» strategiyasining 25-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida To‘raqo‘rg‘on tumani 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchilari ishtirokida tumandagi yirik “RUNAMEX” xorijiy korxonasiga sayohat tashkil etildi.

Tashkil etilgani hali ko‘p yillar bo‘lmagan korxona maydoni 6500 kv.metrni tashkil etib, 3,7 mln. dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etdik. Hozirda korxonamizda 500 nafardan ortiq hodimlar ishlab kelishmoqda. Korxonamizda tumanimizning deyarli barcha mahallalaridan ishsiz fuqarolar ayniqsa xotin-qizlar kelib ishlashmoqda. Bundan tashqari korxonamizda kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan, buning uchun alohida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan o‘quv markaz tashkil qildik. Maqsadim oddiy insonlardan malakali kadrlarni biznesim rivoji yo‘lida shakllantirish va hunarli qilish, - deydi korxona direktori, partiya faoli, "Shuhrat" medali hamda "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni sohibasi Mahfuza Gyumyush.

Shuningdek ekskursiya davomida partiyaning viloyat hamda tuman Kengashi hodimlari tomonidan yoshlarga partiyaning yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalari haqida batafsil ma’lumot berilib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bino qurish uchun yer uchastkasi ajratilishiga yaqindan yordam berish kabi taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham tushunchalar berildi, taniqli ishbilarmonlarga ustoz-shogirt an’anasida biriktirib qo‘yish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv so‘nggida tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlar ish o‘rganish maqsadida mazkur korxonaga biriktirildi.

  • Ko'rildi
    94
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+