Xivadagi ehtiyojmand oilalar uchun bayram dasturxoni yozildi
27.12.2023, 17:05
Xiva shahridagi "Qiyot" mahallasida yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari, “Ayollar daftari” va “Temir daftari”da turgan mahalla fuqarolari uchun bayram dasturxoni yozildi. Dasturxon atrofiga yig‘ilganlar samimiy tilaklar, tinch kunlarga shukronalik, sog‘lik-salomatlik, ezgu tilaklar bildirishdi.
Tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida mahallada joylashgan 16-sonli maktabning 1-sinf o‘quvchilari o‘zlarining betakror raqsalari, kuy-qo‘shiqlari bilan barchani mamnun qildi.
Shuningdek, mahallaning sportchi yoshlarining erishgan yutuqlari e’tirof etilib, Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan sportning kurash turi bo‘yicha Respublikamizda faxrli 1-o‘rinni, Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan baxslarda 3-o‘rinni egallagan Hamidbek Otanazarovga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi. Mahalladagi e’tiyojmand oila farzandlariga ham yangi yil sovg‘alari ulashildi.
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring