Partiya faoli ko‘magida qishloqda yangi transformator o‘rnatildi

19.01.2024, 16:00

Partiya faoli ko‘magida qishloqda yangi transformator o‘rnatildi

O’zLiDeP Romitan tuman Kengashiga hududdagi Ustolar qishlog‘i aholisi murojaat kilib, hozirgi qish-qirovli kunlarda qishloqdagi yagona transformator past kuchlanishda ekanligi bois xonadonlarni doimiy ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlar kelib chiqayotganligi haqida ma’lum qilgan edilar.

Ushbu murojaatga binoan partiya tuman Kengashi apparati rahbari Nasriddin Vohidov elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilaridan ushbu muammoni tegishlicha hal etib berishni so‘radi. Shu tariqa partiya tuman Kengashi mas’ulining sa’y-harakati bilan Ustolar qishlog‘ida yangi transformator o‘rnatilib, xonadonlar uzluksiz ravishda elektr energiyasidan bahramand bo‘ladigan bo‘ldi.

Shu birgina misolning o‘zi romitanliklarning O’zLiDePga bo‘lgan ishonchini oshishiga hamda partiya a’zolari sonining vaqt o‘tgan sayin ortib borishida muhim omil bo‘lyapti. Ayni paytda hududda 7724 nafar partiya a’zosi jami 66 ta BPT atrofiga birlashgan holda faoliyat olib borishmoqda. Partiya tuman Kengashi mas’ullarining asosiy vazifasi esa ular bilan olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, saylovoldi dasturidagi asosiy maqsad va vazifalarni partiya a’zolari ko‘magida aholining turli qatlamlariga yetkazishdan iboratdir.

  • Ko'rildi
    76
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+