Fermerlarning muammo va takliflari o‘rganildi

22.01.2024, 16:56

Fermerlarning muammo va takliflari o‘rganildi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov G’uzor tumanida   faoliyat olib borayotgan fermerlarni qabul qilib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi va bartaraf etish borasida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Muloqot chog‘ida Prezidentimizning joriy yil 5 yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aholining suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, suv tekin degan tushunchadan voz kechish, suvni tejaydigan texnologiyalarini o‘rnatgan holda suvdan tejamli va oqilona foydalanish borasida ustuvor vazifalar belgilab berilganligini ta’kidlab o‘tdi. Kengashlar va deputatlar suvni ko‘z qorachig‘idek asrash, undan oqilona foydalanish, yurtdoshlarimizda ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida keng ko‘lamda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borishlari  xususida ko‘rsatmalar berildi.

 Muloqot davomida fermerlar tomonidan sohaga oid va o‘z faoliyati bo‘yicha qator takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.

Aktam Xaitov fermerlarga birjadan ro‘yxatdan o‘tgan holda  iqtisodiy-huquqiy  bilimlarini oshirish, haq-huquqlarini himoyalash, suv, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i ta’minotini yanada yaxshilash, buxgalterlarni brokerlikka o‘qitish, shartnomalarni puxta pishiq tuzish, ekin  maydonlarini sug‘orish uchun suv ta’minotini  yaxshilash borasidagi ishlarni talablar darajasida tashkil etish yuzasidan kengashlar raislari,  buxgalterlari va deputatlarga tavsiyalar berdi.

  • Ko'rildi
    59
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+