Tomdining olis ovullarida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

31.01.2024, 15:46

Tomdining olis ovullarida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi A.Dospanbetova tashabbusi bilan tumanning “Keriz”, “Keregetov”, “Ayaqquduq”, "Suketti" va “Aqtov” OFYlarida "Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun" shiori ostida aholi orasida tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Bugungi kunga qadar mingga yaqin fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shundan 167 nafar fuqaroda yurak qon-tomir tizimi bilan bog‘liq xavflar aniqlandi. 91 nafar fuqaroning 13 nafarida yurak qon-tomir, 8 nafarida qandli diabet, 41 nafarida semizlik bilan bog‘liq kasalliklarning ilk belgilari kuzatildi. Ushbu kasalliklarning kelishiga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganilib, uni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasida yig‘ilish o‘tkazilib, sog‘lomlashtirish rejalari tuzildi. Aholi salomatligini doimiy ravishda kuzatib borish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini ular yashayotgan manzil va mahallalarda o‘tkazish bo‘yicha oila shifokorlari va patronaj hamshiralarga tegishli topshiriqlar berildi. Salomatlik ko‘rsatkichi o‘ta og‘ir fuqarolarni statsionar va ambulator davolash choralari ko‘rildi.

Mutaxassislar aholiga inson salomatligini saqlashda muhim sanalgan sog‘lom ovqatlanish qoidalari, jismoniy faollik va uning afzalliklari to‘g‘risida tavsiyalar berdi.

  • Ko'rildi
    35
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+