Partiya hududiy kengashlar faoliyati sarhisob qilinmoqda

06.02.2024, 15:59

Partiya hududiy kengashlar faoliyati sarhisob qilinmoqda

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashining 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Ayni paytda O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tarkibida 10470 faollarni o‘z saflariga birlashtirgan 96 partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. O’tgan yili ular safi 238 nafarga oshdi.

Sarhisob onlarida, shuningdek, partiya Saylovoldi platformasida, ilgari surilgan maqsad va vazifalarni hayotga keng joriy qilish, elektorat vakillari bo‘lgan – tadbirkorlar va fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, joylarda aholi orasida  kichik, o‘rta va oilaviy biznesni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi 11 nafar a’zoga ega. Yig‘ilishda deputatlar tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammo va kamchiliklarga partiyaviy vositalar bilan yechim topish, mutasaddilarning hisobotini eshitish, deputatlik  so‘rovi chiqarish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish borasidagi taklif va mulohazalar umumlashtirildi.

Partiyaviy faoliyatdagi kamchiliklar ro‘y rost aytib o‘tilib, xalq deputatlari viloyat Kengashining deputati  Shuhrat Umarovni partiya Jizzax shahar Kengashiga yangi rais etib saylash taklifi ilgari surildi. Taklif bir ovozdan ma’qullandi.

  Shuningdek, jizzaxlik xalq noiblari hamda  partiya faollari   tomonidan “O’zbekiston- 2030” strategiyasida ilgari surilgan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash, partiya Saylovoldi dasturidagi g‘oyalarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda hayotga yanada izchillik bilan joriy etish  borasidagi ishlarni yanada jonlantirish borasidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    62
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+