Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

08.02.2024, 18:11

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi hamda Halq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan tumandagi 238-sonli umumta’lim maktabida Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan “Navoiyni anglash – ma’naviyatni anglashdir!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda partiya xodimlari, Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputatlari, navoiyshunos olimlar, tumandagi mavjud umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari, ma’naviyatchilar va ota-onalar qatnashdilar.

Tadbir buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylari bilan boshlandi. Tadbir davomida Navoiy ijodining betakror jihatlari, ulug‘ mutafakkirning yuksak insoniy fazilatlari xususida qiziqarli bahs munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, mutafakkir adibning hayoti ijodi bilan bog‘liq savollarga to‘laqonli javob bergan o‘quvchilar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

  • Ko'rildi
    367
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+