O’rganishlar, tahlillar

17.02.2024, 13:15

O’rganishlar, tahlillar

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Navoiy viloyati kengashi vakillari, deputatlar, partiya faollaridan tarkib topgan ishchi guruh dehqon bozorlarida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narxnavo barqarorligiga erishish bo‘yicha qilingan ishlar hamda kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratilganligi holatini jamoatchilik nazorati asosida o‘rganyapti.

Ishchi guruh Qiziltepa tuman Markaziy dehqon bozorini ko‘zdan kechirdi. O’rganishlar o‘tkazilganda aholiga doimiy arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilgani, narxlar barqarorligi aniqlandi. 

Shuningdek, tumanda 2023-2024 yil qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zahirasi shakllantirilgan bo‘lib, jami zahira 1605 tonna, shundan, 340 tonna kartoshka, 404 tonna piyoz, 584 tonna sabzi va 277 tonna guruch mahsulotlari zahirasi yaratilgan. Bugungi kunda savdoga chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari 149 tonna kartoshka, 226 tonna piyoz, 344 tonna sabzi va 154 tonna guruch mahsulotlari zahirasi omborlarda saqlanmoqda. 

E’tiborli jihati, ayni shu jamoatchilik nazoratlari sabab narx-navoning asossiz oshirib yuborilishi, sanitariya va gigiyena koidalariga amal qilmaslik kabi muammolarga yechim topilishiga erishildi. Shuningdek, jamoatchilik nazorati tahlillariga asosan, mutasaddilarga fuqarolarning o‘tkir ehtiyoji mavjud bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Erishilgan va erishilayotgan natijalar oz emas, shu sababli narxlarning shakllantirilishi ustidan qat’iy jamoatchilik nazoratini o‘rnatish juda katta ahamiyat kasb etadi.

  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+