Quyi bo‘g‘inlarda hisobot-saylov yig‘ilishlar o‘tmoqda

20.02.2024, 14:30

Quyi bo‘g‘inlarda hisobot-saylov yig‘ilishlar o‘tmoqda

Bulung‘ur tumanidagi tibbiyot birlashmasi va O’zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamg‘armasi qoshidagi partiyaning tayanch bo‘g‘inlarida navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tayanch tuzilmalar yetakchilarining 2023 yildagi faoliyat yuzasidan hisobotlari eshitildi. Shuningdek, kun tartibidan “O’zbekiston - 2030” strategiyasining ijrosidan kelib chiqib quyi tashkilotlarning joriy yilga mo‘ljallangan aniq va maqsadli rejalari ko‘rib chiqildi.

“O’zbekiston - 2030” strategiyasining “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug‘urtalash amaliyotini joriy qilish”, “Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohaga ajratiladigan mablag‘larni oshirish”, “Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish”, “Hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni “bir qadam” tamoyili asosida tashkil etish” maqsadlari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi va qo‘yi bo‘g‘in rahbarlari faoliyatiga ijobiy baho berilib, BPT raisligiga qayta saylandi.

Elmira Isakova,
O`zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi raisning
birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    47
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+