Suvdan tejamli foydalanish – bugunning dolzarb vazifasi

24.02.2024, 12:32

 Suvdan tejamli foydalanish – bugunning dolzarb vazifasi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashida o‘tkazilgan Xalq deputatlari viloyat kengashidagi partiya deputatlik guruhi yig‘ilishida 2023 yil va joriy yilning o‘tgan davrida viloyat qishloq xo‘jaligi sohasida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, ariq zovurlarni betonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.  

Unda ta’kidlanishicha, 2023 yilda 21,9 ming gektar suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 53,4 ming gektarni tashkil etadi.  Shuningdek, 90 km kanallarda betonlashtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Ayni paytda ob’ektlarga 137 ta mashina-mexanizm va 360 nafar ishchi kuchi ishga jalb qilinib, 55,7 km tuproq   hamda 49,1 km betonlashtirish ishlari bajarildi.

- O’tgan yilning 29 noyabrda “Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv yo‘qotishlarini kamaytirish” mavzuida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotilishining oldini, suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha bir qator topshiriqlari bergan edilar, -deydi Xalq deputatlari viloyat kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari  Ibrohim Xalilov. – Shu bois bu yil suv xo‘jaligida “Kanallarni betonlashtirish bo‘yicha zarbdor yil” deb e’lon qilindi. 31 martgacha klaster, fermer xo‘jaliklari hisobida bo‘lgan ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish ishlari hozirgacha 76 foizga bajarilgan. Mutasaddilarning oldida turgan eng dolzarb vazifa - ajratilgan mablag‘dan samarali foydalangan holda betonlashtirish ishlarini yakunlashdir.    

Yig‘ilishda viloyat kengashi deputatlaridan Ismigul Xushmurodova, Momosuluv Berdiqulova, Nishon tuman “Orzu bobo” fermer xo‘jaligi raisi Murtazo Norqulov va boshqalar suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobidagi magistral, xo‘jaliklararo kanallar, gidrotexnik inshootlar va gidropostlar o‘z vaqtida tozalash hamda ta’mirlab, sug‘orish mavsumiga tayyorlash ishlarini yanada jadallashtirish, yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish  uskunalarining biroz qimmatligi, yangi texnologiyani joriy etishda quruvchilarning mas’uliyatini oshirish, quvurlar sifatsiz bo‘lgani uchun tez yaroqsiz bo‘lib qolayotgani, subsidiya olish, fermerlar o‘rtasida  zamonaviy sug‘orish usullari xo‘jalikka iqtisodiy samara keltirish xususida tushuntirish ishlarini olib borish zarurligini alohida e’tirof etishdi.

  • Ko'rildi
    55
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+