Yosh siyosatchi qizlar bilan muloqot o‘tkazildi

26.02.2024, 21:59

Yosh siyosatchi qizlar bilan muloqot o‘tkazildi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi tomonidan “Yosh siyosatchi qizlar” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda partiya faollari, yoshlar parlamenti a’zolari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” qoshida “Yosh siyosatchi qizlar” klubi tashkil qilingan bo‘lib, 150 nafar yoshlardan tashkil topgan.

Tadbirda mazkur loyiha to‘g‘risida to‘liqroq tushintirib berildi. Bu loyihaning maqsadi talaba qizlarni, yoshlarni har tamonlama yuksalishiga ko‘maklashish, ular bilan turli mavzularda jonli suhbat va uchrashuvlar tashkil qilishdan iborat. Shuningdek, yoshlarga partiya maqsad va vazifalari, “O’zbekiston - 2030” strategiyasining yoshlarga oid ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 

  • Ko'rildi
    65
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+