O'zLiDeP quyi bo‘g‘ini tashabbusi bilan 102 nafar ayol bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
01.03.2024, 21:55
O'zLiDeP Farg‘ona shaxar Kengashi tomonidan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” boshlang‘ich partiya tashkilotida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Loyiha doirasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik jarayonida o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan ayollarning muammolari o‘rganilib, 102 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Tibbiy ko‘rik doirasida mutaxassislar tomonidan UZI va EGG tibbiy jixozlari yordamida tekshiruvlar o‘tkazilib, zarur tibbiy maslaxatlar berildi.
Shuningdek, Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari tomonidan ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, turli yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar olib borilib, flayerlar tarqatildi.
Tadbirda partiya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumotlar berildi.
Bunday ko‘riklar muntazam tashkil etilsa, xalqimiz orasida uchrayotgan turli onkologik va yuqumli kasalliklarning erta aniqlanishiga va oldi olinishiga xizmat qiladi.
Tibbiy ko‘rik yakunida "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan 11 mln. 750 ming so‘mlik dori darmonlar va ko‘zoynaklar xotin-qizlarga bepul tarqatildi.
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring