Yetakchining yana o‘zi saylandi

07.03.2024, 10:26

Yetakchining yana o‘zi saylandi

Shofirkon tumani markazida faoliyat olib borayotgan “Dilrabo chevarlari” xususiy korxonasida 55 nafar a’zosi bo‘lgan partiya quyi bo‘g‘inining sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

BPT a’zolari asosan chevar tikuvchi ayollardan iborat. Korxona rahbari, O‘zLiDeP faoli Dilrabo Namozova sa’y-harakati bilan endilikda viloyatimizning Peshku, Romitan, Buxoro tumanlarida o‘quv markazlari tashkil etilgan bo‘lib, ularda qishloq ayollariga kashtachilik, zardo‘zlik, tikuvchilik sirlari o‘rgatilmoqda. 20 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan korxonada amalga oshirilayotgan barcha ishlarda BPT a’zolari hamisha faol. Ayniqsa hudud aholisi o‘rtasida partiyaviy-siyosiy, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda, tumanda tadbirkorlar safini kengaytirishda ular jonbozlik ko‘rsatmoqdalar.

BPTning hisobot saylov yig‘ilishida so‘zga chiqqan partiya tuman Kengashi apparati rahbari Akbar Elmurodov hududda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish doimiy e’tiborda ekanligini qayd etib, maslakdoshlar ham bu muhim jarayonga o‘z hissalarini qo‘shishlari zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda BPTning hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topildi. Quyi bo‘g‘inning 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. BPT yetakchiligiga Sayohat Ahadova qayta saylandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    45
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+