O‘zLiDeP qoshida "Volontyorlik klubi" tashkil etildi

13.03.2024, 21:56

O‘zLiDeP qoshida

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshida mamlakatimizda ijtimoiy, siyosiy va huquqiy islohotlarni hamdapartiyaning maqsad va g‘oyalarini yoshlar orasiga targ‘ib qilish maqsadida "Volontyorlik klubi" tashkil etildi. 

Kuni kecha O‘zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiyaqo‘mitasida "Volontyorlik klubi"ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlanganidek, qonunchilikka muvofiq Volontyorlik klubi faoliyatining maqsadlari umuman jamiyatga yordam ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o‘zini o‘zi tashkil etishni, ijtimoiy masʼuliyat, birdamlik, o‘zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratdir.

Bundan tashqari, "O‘zbekiston - 2030" strategiyasining "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida ekologiya, sog‘lom turmushni targ‘ib qilish kabi ijtimoiy ahamiyatga molik volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish maqsad qilingan.

Klub taqdimotida Respublikamiz yetakchi universitetlarining faol talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Loyiha doirasida klub aʼzolari ijtimoiy, huquqiy, taʼlim, siyosiy va madaniy sohalarda volontyorlik faoliyatini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birgalikda volontyorlar siyosiy jarayonlarda ishtirok etish, davlat organlari hamda O‘zLiDeP faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

  • Ko'rildi
    48
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+