Namanganda qishloq xo‘jaligi tarmoqlari yuqori bosqichga ko‘tariladi

27.03.2024, 12:31

Namanganda qishloq xo‘jaligi tarmoqlari yuqori bosqichga ko‘tariladi

Prezidentimiz raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda viloyatda suv manbalari serob bo‘lgani bilan, suv tejovchi texnologiyalarni birinchi navbatda shu hududda joriy qilish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Joriy yilda 60 ming gektarda suv tejovchi texnologiyani joriy qilish va 40 ming gektarni lazerli tekislash hamda viloyatdagi kanallarni betonlash, yangi suv omborlarini qurish, mavjudlarini ta’mirlash yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berildi.

Yana bir muhim tarmoq meva-sabzavot eksportini ko‘paytirib, eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Unga ko‘ra, dehqonlarga berilgan 18 ming gektarga karantin inspektorlari bog‘lanib, eksportbop mahsulotlar yetishtirish tashkil etiladi, 54 ming gektarning agrokimyoviy xaritasi ishlab chiqilib, 18 ming gektari “GSP+” talablariga moslashtiriladi.

Shuningdek, yil yakunigacha meva-sabzavotni qayta ishlash yo‘nalishida 62 ta loyihani ishga tushirish, Kosonsoy va Popda yirik chorvachilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Popda asal ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxonani tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Bu esa viloyatning iqtisodiyotini ko‘tarishga, aholi turmushini yaxshilashga, bozorlar to‘kin-sochinligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Albatta, ushbu belgilab berilgan barcha vazifalar ijrosini ta’minlashda partiyamizning asosiy maqsad va g‘oyalariga hamohangligini inobatga olgan holda biz deputatlar oldiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Yuqorida nomlari sanab o‘tilgan tumanlarda fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari bilan yanada ko‘proq targ‘ibot ishlarini olib borishimiz zarurligini anglab yetdik.

Barno MIRZAMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    39
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+