Deputat aholi muammolarini uyma uy yurib o‘rgandi

31.03.2024, 10:34

Deputat aholi muammolarini uyma uy yurib o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamovaning saylovchilar bilan uchrashuvi Uychi tumanidagi “Shifokor”, “Oqtosh”, “Yangi chek” mahalla fuqarolari yig‘inida davom etdi.

Uchrashuvlarda deputat mahallabay, xonadonbay yurib, saylovchilarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Xususan, Uychi tumanining Shifokor mahallasi Gulrayxon ko‘chasida istiqomat qilayotgan Qosimov Qaxramon va Xamdamov Yunusali xonadonlaridagi tomorqalar ko‘zdan kechirildi.

Xamdamov Yunusali 1 sotix issiqxonasida tarvuz va qovun urug‘lar yetishtirishini aytib, hozirda unib chiqayotgan tarvuz va qovun nihollarini ko‘rsatdi.

Gulrayxon ko‘chasida istiqomat qilayotgan aholi vakillari bilan suhbat jarayonida mahalladagi chiqindini olib ketish bo‘yicha bir necha marotaba murojaat qilingani, masala hali xanuz yechilmayotganini aytdi.  To‘xtabayev Mamatvali o‘z farzandlarini ish bilan taʼminlashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi.

Oqtosh mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi mahalla idorasini kapital taʼmirlashda yordam so‘radi. Ushbu mahalla hududidagi Oriyat, Barakot, Tabassum, Taraqqiyot ko‘chalarini asfaltlashtirishda yordam so‘raldi.

Uchrashuvlar davomida B.Mirzamova hududlardagi ishsizlik darajasini ham o‘rganib, yoshlarni bandligini taʼminlashda yaqindan ko‘maklashdi.

  • Ko'rildi
    48
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+