O’zim G’ijduvondamanu mahsulotlarim xorijda

05.06.2024, 10:20

O’zim G’ijduvondamanu mahsulotlarim xorijda

Prezidentimizning Buxoroga navbatdagi tashrifi doirasida viloyat faollari hamda peshqadam tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari bilan muloqoti aynan G’ijduvon tumanida tashkil etilgani bejiz emas. Chunki biznikilar azal-azaldan ishbilarmon, tadbirkor qatlam vakillaridir.  

Soha rivoji uchun yaratilgan shart-sharoitlar tufayli tumanda 2 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshladi, sanoat ikki karra o‘sdi.  Ammo  yuzdan ortiq sanoat mahsulotlari xonadonlarda yashirin ishlab chiqarilayotgani achinarli. Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida bu oilalarga uzoq bo‘lmagan hududdan joy ajratish, elektr bilan ta’minlash  va moliyaviy ko‘mak berish borasida aniq vazifalar belgilandi. Belgilanilishicha, 20 ta mahalladagi bo‘sh yerda ishlab chiqarish inshootlari quriladi va 400 ta oilaga biznesini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashiladi. Qarabsizki, yana 2 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, tuman ishsizlikdan xoli hududga aylanadi.

Shuningdek, yashirin faoliyatidan chiqib oshkora ishlamoqchi bo‘lgan oilalarga 100 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi, tadbirkorlar ish o‘rni va aylanmasini qonuniylashtirgani uchun bir yilda to‘lagan soliqlarining yarmi o‘zlariga qaytarib beriladi va ushbu tajriba mamlakat miqyosida ommalashtiriladi. Bu esa yurtimizda yashirin iqtisodiyotning oldini olish, ishbilarmonlarning emin-erkin faoliyat ila soliq  qonunchiligiga rioya etishida asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi.

Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida G’ijduvonning o‘zida 25 ming ish o‘rni, qo‘shimcha 50 million dollarlik eksport imkoniyati borligini ta’kidlagani g‘oyat quvonarlidir. Bu esa  barcha mahalliy  tadbirkorlar qatori meni ham o‘z ishlab chiqarish faoliyatimga  davr talablaridan kelib chiqqan holda yondashishga undadi.

Shaxsan o‘zim “G’ijduvon mashhurasi” xususiy korxonasi rahbari sifatida 27 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan mashg‘ulman. Imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda G’ijduvon erkin iqtisodiy zonasidan joy oldim va imtiyozli kredit asosida 2 bosqichli loyihamni amalga oshirdim. Birinchi bosqichda Xitoydan uskuna olib kelib, qurilish-pardoz mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydim. Loyiha butunlay o‘zini qopladi.

Ikkinchi loyiham – mahsulotlarimizning 90 foizini  Fransiya, Rossiya, Turkiya, Ispaniya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarga eksportga chiqaryapmiz. Mahsulotlarimizga xorijdan talab tobora oshib borayotgani bois Xitoydan yana 4 ta uskuna sotib olish uchun shartnoma imzoladik. Natijada  yana 60 ta ish o‘rni yaratiladi. Yil oxiriga qadar yana bir yangi loyiha – laminant pollar ishlab chiqarish ustida ishlayapmiz.   

Bundan keyin ham butun kuch, bilim, tajriba va g‘ayratimizni davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirishga safarbar etaveramiz.

Zamira SAFAROVA,
 O’zLiDeP  G’ijduvon tuman kengashi raisi,

“G’ijduvon Mashhurasi” xususiy korxonasi rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    25
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+