OʼzLiDeP delegatsiyasi Xitoyda tajriba almashmoqda

24.06.2024, 08:57

OʼzLiDeP delegatsiyasi Xitoyda tajriba almashmoqda

Аvval xabar qilganimizdek, OʼzLiDeP delegatsiyasi Xitoy davlatida boʼlib turibdi.

Joriy yilning 21 iyunь kuni Xitoy Xalq Respublikasi Shanьdun provintsiyasidagi Shanьdun Fanlar Аkademiyasida OʼzLiDeP delegatsiyasi uchun tashkil qilingan seminarning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Ushbu tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshan Mamutov boshchiligida OʼzLiDeP vakillari, Oʼzbekiston fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Shanьdun Fanlar Аkademiyasi prezidenti Duanь Peyyun soʼngi vaqtlarda barcha jabhada Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho bergan holda tobora mustahkamlanib borayotgan ikki davlat oʼrtasidagi munosabatlarni olqishladi.

Shu bilan birga, qishloq xoʼjaligiga ilm-fanda erishilayotgan yutuqlarni joriy etish, sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ragʼbatlantirish, kambagʼallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishning muhim manbai ekanligi taʼkidlandi.

Seminarning ochilish marosimida delegatsiya vakillari tomonidan oʼzaro tajriba almashish hamda Xitoy davlatining qishloq xoʼjaligi, sunʼiy intelekt, mahsulotlarni texnik jihatdan tartibga solish, aqlli texnologiyalar va boshqa yoʼnalishlarda erishayotgan yutuqlari bilan tanishishga qiziqishlari bildirildi.

Seminar tashkilotchilari tomonidan delegatsiya vakillari uchun yuqori saviyadagi tashkil etilgan oʼquv va amaliy mashgʼulotlar dasturi doirasida tadbirlar davom etmoqda.

OʼzLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    22
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+