Boshlang‘ich partiya tashkilotlari tadbirkorlarga ko‘makdosh
09.10.2017, 18:13
“O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida partiya Qashqadaryo viloyat hamda Koson tuman Kengashi xodimlari, Nartibaland boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari bilan birgalikda Nartibaland mahallasida yashovchi O‘zLiDeP a’zosi Eldor Rahimov xonadonida bo‘ldilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Eldor Rahimov o‘z xonadonida namunali issiqxona tashkil etgan. Mazkur tashrifdan maqsad Nartibaland mahallasida yashovchi aholi o‘rtasida xonadon egasining issiqxona tashkil qilish va uni yuritish bo‘yicha tajribasini ommalashtirish edi.
Tashrif davomida Rahimov Eldor boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolariga o‘z issiqxonasi, unda yetishtirilayotgan mahsulotlar haqida so‘zlab, issiqxonada yetishtiriladigan ekinlar to‘g‘risida amaliy tavsiyalar berdi.
Ishtirokchilar tashrif jarayonida issiqxonadan daromad olish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi
Matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Bildirilgan fikrlar
Умидахон Исломқулова УзЛиДеП Фарғона вилояти Кенгаши Аёлларнинг сиёсий фаоллиги, жамиятдаги роли ва мавқеини ошириш булими мудири 2019-01-25 11:27:43
Муҳтарам Юртбошимизнинг Германия давлатига бўлган ташрифлари ҳар икки давлат учун ҳам катта аҳамият касб этишига ишонамиз.Давлатлар ўртасидаги ўзаро манфаатли шартномалар биз аёлларга юқори кўтаринкилик бахш этди.
Даврон Темиров O`zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2019-01-23 13:01:28
Германия билан кўп қиррали ҳамкорликни чуқурлаштириш мамлакатимиз иқтисодиётига сифат жиҳатдан янгича руҳ бағишлайди. Иқтисодиётга инвестицияларни жалб қилган ҳолда республикада тадбиркорлик муҳитини такомиллаштиришга , хориж инвестицияларини олиб кириш жараёнин шаффофлигини таъминлаш юрт тараққиётига хизмат қилади. Президентимиз таъкидлаганларидек инновация бўлмас экан, ҳеч бир соҳада рақобат, ривожланиш бўлмайди. Шунинг учун партия фаоллари бу соҳадаги ўзгаришларни халқимизга кенг тарғиб қилиб,уларнинг кўникма ва малакаларини оширишга ёрдам беришимиз зарур.