O‘zLiDeP faollari Kattaqo‘rg‘ondagi “Kattaming” MFY aholisi bilan uchrashdi

08.08.2018, 12:42

O‘zLiDeP faollari Kattaqo‘rg‘ondagi “Kattaming” MFY aholisi bilan uchrashdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Samarqand viloyat va Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi, O‘zbekiston Fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari tuman Kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari tumandagi “Kattaming” MFY aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mazkur mahallada istiqomat qilayotgan aholi tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida muammolar borligi aytib o‘tildi.

O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, shu vaqtgacha tegishli mutasaddi tashkilotlar aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berish borasida bosh qotirmaganligi aniqlandi. Ushbu muammoni tezroq ijobiy hal etish maqsadida partiya deputatlik guruhlari tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi jo‘natadigan bo‘ldi.

Partiya faollari xonadonma-xonadon yurib “Har bir oila - tadbirkor” dasturi mazmun-mohiyatini tushuntirib berishmoqda. Aholi vakillarining ushbu dastur bo‘yicha o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida kredit olishga qiziqishi borligini ma’lum qilishdi.

Ushbu mahallada istiqomat qilayotgan S.Rajabov xonadoni ustidan yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektrsimlari o‘tganligi va uni o‘z vaqtida bartaraf etib berish borasida qilgan murojaati ham partiya faollari nazoratiga olindi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida Saltanat Jumayeva 1 nafar farzandi bilan ijarada yashab kelayotganligi, uy-joyga muhtojligi aniqlanib, deputatlar nazoratiga olindi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-08 19:30:23

Фуқароларнинг мурожаатлари юзасидан ижобий натижаларга эришилганлиги бу биз учун қувонарли ҳол.


Fikringizni qoldiring

+