Nukusda yana bir quyi bo‘g‘in ish boshladi

13.11.2017, 21:33

Nukusda yana bir quyi bo‘g‘in ish boshladi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Nukus shahar Kengashi partiyaning maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarish, elektoratimiz vakillari – tadbirkor va fermerlar safini yanada kengaytirish, ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, boshlang‘ich partiya tashkilotlari sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda Nukusda quyi bo‘g‘inlar soni yana bittaga oshdi. “EVRO STROY” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi yangi boshlang‘ich tashkilotga asos solindi.

– Ayni paytda partiyaning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich tashkilot bilan birgalikda elektorat manfaatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, a’zolar sonini ko‘paytirish, yoshlar va ayollarni tadbirkorlikka yanada kengroq jalb etish bo‘yicha davra suhbatlari va ochiq muloqotlar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratayapmiz, – deydi O’zLiDeP Nukus shahar Kengashi apparat rahbari vazifasini bajaruvchi A.Jailganov. – O‘tkazilayotgan tadbirlarimizning ta’sirchanligi bois a’zolarimiz safi kengayib bormoqda. O‘tgan yili partiyamiz a’zolari soni 1 ming 896 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 2 ming 346 nafarni tashkil etmoqda. Ular 68 ta quyi bo‘g‘in atrofida birlashishgan.

– Anchadan buyon ushbu “EVRO STROY” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlayman, – deydi Yu.Yesimbetov. – Partiyaning maqsad va vazifalari, siyosiy kuch sifatida olib borayotgan ishlari bilan avvaldan tanish edim. Chunki partiya vakillari korxonamizga tez-tezdan kelib, tadbirlar o‘tkazishar edi. Korxonamizda quyi bo‘g‘in tashkil etilgani nur ustiga a’lo nur bo‘ldi.

Tadbir yakunida 37 kishi partiyaga a’zoligiga qabul qilinib, quyi bo‘g‘in yetakchiligiga korxona rahbari O.Shimbergenov saylandi.

Eliza Bekimbetova

O’zLiDeP Nukus shahar Kengashi BPT konsultanti

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1497
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+