Deputat nogironligi bor fuqaroga kitob do‘koni ochib berdi

13.09.2018, 11:37

Deputat nogironligi bor fuqaroga  kitob do‘koni ochib berdi

Mirzabobur O‘lmasov ikkinchi guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni maqsad qildi. U kitob savdosi bilan shug‘ullanish istagi borligi, ammo do‘kon ochishga mablag‘i yo‘qligini aytib, Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Gavharoy To‘xtasinovadan yordam so‘rab murojaat qildi.

Deputat mazkur murojaat asosida Bektemir tuman hokimi Sh.Askarovga so‘rov yubordi.

Deputat murojaati besamar ketmadi. Tuman hokimligi tomonidan Mirzabobur O‘lmasovga  Qo‘yliq dehqon bozori hududidan “Ko‘chma savdo shahobchasi” uchun joy ajratildi.

Tadbirkor bugungi kunda 500 dan ortiq turdagi kitob mahsulotlari sotuvini yo‘lga qo‘ygan.

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1301
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП депутатлар гурухи ижрочи котиби2018-09-13 16:20:00

Софдошимиз, Халқ депутатлари Бектемир туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи аъзоси Гавҳарой Тўхтасинованинг (маколадаги) хайрли ишларга бош булиши барча депутатларимизга намуна килса арзийди.Хорманг, чарчаманг Гавхарой


Fikringizni qoldiring

+