O‘zLiDeP ishchi guruhi “Bo‘ston” qishlog‘i aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minladi

09.10.2018, 17:40

O‘zLiDeP ishchi guruhi “Bo‘ston” qishlog‘i aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minladi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimlari hamda partiya Samarqand viloyat Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan MFYlar aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilgan edi. Uchrashuvlar chog‘ida Narpay tumanidagi “Yangiariq” MFY “Bo‘ston” qishlog‘idan kelib tushgan 150 ta murojaatlarning 79 tasi ichimlik suvi bilan bog‘liq edi.

Yuqoridagi murojaatlardan kelib chiqib, tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan tuman “Suvoqova” unitar korxonasi va tuman hokimligiga  so‘rovlar jo‘natildi.

So‘rovga javoban, “Bo‘ston” qishlog‘ini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida natijali ishlar boshlanib ketgan. Qishloqdan 6 km uzoqlikda joylashgan toza buloq suviga 76 mm o‘lchamdagi politelin truba tortilib, 17 nuqtadan suvni aholiga tarqatish ishlari olib borilmoqda. Toza ichimilik suvining boshlanishi bo‘lgan buloqda 2 ta yopiq suv yig‘ish sig‘imi barpo etilmoqda. Barcha qurilish ishlari muvaffaqiyatli yakunlansa, qishloqdagi 1100 ta aholi to‘liq toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

- Bizni qishlog‘imiz “Obod qishloq” Davlat dasturiga kiritilib, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qishlog‘imiz aholisi bundan bag‘oyat mamnun. Fursatdan foydalanib, xalq manfaati yo‘lida mana shunday xayrli ishlarga bosh bo‘layotgan Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.  Shu bilan bir qatorda ishlar samaradorligini oshirishda, ayniqsa toza ichimlik suvini keltirishda munosib hissasini qo‘sha olgan partiya deputatlariga ham katta rahmat, - deydi ushbu mahalla faollaridan U.Nizomov.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1196
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-10-10 16:53:21

Бугунги кунгача партиямиз фаолларидан иборат ишчи гуруҳлар томонидан аҳолининг кўпгина муаммолари ижобий ечим топди. Бу эса ўз навбатида шуни англатадики партиямиз чин маънода халқ билан бирга!


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-10 08:47:44

УзЛиДеП фаолларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” давлат дастурига киритилган жойлардаги МФЙлар аҳолиси билан бевосита сухбат давомида купчилик муоммаларни шу жойнинг узида хал килинишига амалий ердам курсатилди. Маколадаги Самарканднинг Бустон кишлоги ахолисига тоза ичимилик сув билан мунтазаам равишда таъминлашга каратилган ишларнинг самараси куриниб тур. Партиямиз фаоллари билан мактанамиз, келгуси ишларингизда омадлар тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+