O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” “Bek sifat mulk invest” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi

30.11.2018, 17:36

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” “Bek sifat mulk invest” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi

O‘zLiDeP Qamashi tuman Kengashi “Ayollar qanoti” faollari elektorat vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida “Bek sifat mulk invest” fermer xo‘jaligiga bordi.

Nilufar Sanayeva rahbarlik qilib kelayotgan mazkur xo‘jalik 20 gektar maydonda g‘alla, 21 gektarda esa paxta yetishtirib kelyapti. Shuningdek, tinib-tinchimas tadbirkor tumanda davlat sherikligi asosida qurilgan “Prezident bolajonlari” xususiy bolalar bog‘chasiga rahbarlik qilmoqda. 25 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur MTMda 7 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi.   

– Joriy yil men uchun juda omadli keldi, – deydi Nilufar Sanayeva.– Chunki aynan shu yilda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldim. Endi kelgusida 200 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bolalar bog‘chasini tashkil etishni ko‘zlayapman. Bankka taqdim etilgan biznes rejamda bog‘cha qurilishi va jihozlanishi uchun 350 million so‘m mablag‘ sarflanishi belgilangan. Bog‘chamiz ishga tushgach, 20 nafar xotin- qiz doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Partiya faoli N.Sanayevaning mehnatsevarligiga qoyil qolsa, arziydi. Chunki u har kuni harakatda, tinimsiz mehnat qiladi. Masalan, joriy yilda “Mikrokreditbank” tuman filialidan “Har bir oila – tadbirkor” loyihasi doirasida 15 mln. so‘m kredit olib, 44 tup limon ko‘chati ekdi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1195
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+