Deputat aralashgach, maktab qayta rekonstruksiya qilinadigan bo‘ldi

14.12.2018, 17:42

Deputat aralashgach, maktab qayta  rekonstruksiya qilinadigan bo‘ldi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Xonqa tumanidagi “Jannatmakon” MFYda joylashgan 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tadbirkorlikka yo‘l-bugundan boshlanadi” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda keyingi ikki yilda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchi bo‘lgan kichik biznes rivojiga qaratilayotgan e’tibor samarasida chekka hududlarda ham tadbirkorlik tobora rivoj topayotgani ta’kidlandi. 

–Ustoz-murabbiylarimiz orasidan ko‘pchiligi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, – deydi 36 - sonli maktab direktori, O‘zLiDeP Xonqa tuman Kengashi rais o‘rinbosari Qahramon Sobirov. – Shu bois, uchrashuv davomida tadbirkorlar safini yanada kengaytirish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilarga biznesning sir-asrorlari haqida zarur tavsiya va maslahatlar berdik. Chunki hududda tadbirkor, ishbilarmon ko‘paysa, tumanimiz rivojlanadi, yoshlar bandligi ta’minlanadi.  

Ta’kidlash kerak, bugun joylarda partiyamiz faoliyati, ko‘magidan xursand bo‘layotgan xayrixohlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Birgina misol, tumanning 28-sonli maktabi aslida 220 o‘ringa mo‘ljallangan, lekin muassasada 600 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olayotgandi. Bino kichikligi va xonalar yetmasligi sababli o‘quv jarayonida ko‘pgina noqulayliklar yuzaga kelayotgan edi.

Maktab direktorining partiya Xonqa tuman Kengashiga qilgan murojaati O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Faxriddin Karimov tashabbusi bilan ijobiy hal etildi. Deputat aralashgach, maktabni qayta rekonstruksiya qilish  masalasi 2019 yilgi davlat Dasturiga kiritildi. 

Muhammadjon ERIMOV,

  O‘zLiDeP Xonqa tuman

Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    1035
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-12-14 19:22:47

Маҳаллий кенгашлардаги депутатларнинг фаоллиги, жонкуярлиги, ҳудуд муаммоларига бефарқ эмаслиги биринчи галда депутатнинг сайловчилар олдиди ҳурмат-эътиборини кучайтиради, иккинчидан, депутат сайланган партия нуфузининг халқ оммаси олдида ошишига ўз таъсирини кўрсатади. Хоразмлик депутатимизнинг ишларига омад тилаймиз!


Fikringizni qoldiring

+