Mustaqillikka – 29 yil: Millatlararo totuvlikda gap ko‘p

25.08.2020, 12:06

Mustaqillikka – 29 yil: Millatlararo totuvlikda gap ko‘p

Har doim mustaqillik so‘zini tilga olar ekanman, o‘n bir harfdan iborat ushbu so‘zning salmog‘idan butun vujudimga titroq kiradi. Bu so‘zning zamirida vatanimiz tarixi, o‘tmishi, buguni, kelajagi, bobolarimiz orzu-armoni, kelajakka bo‘lgan umidi yotibdi. Har bir bayramning o‘z quvonchi, o‘z o‘rni, o‘z salmog‘i bor. Lekin, mustaqqillik bayrami beradigan quvonchni hech qayerdan topolmaymiz.

1991 yil 31 avgust kuni o‘z mustaqilligini e’lon qilgan O‘zbekistonda 1992 yil 13 yanvarda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi.1992 yilda 10 ta milliy markaz tashkil etilgan bo‘lsa, xozirda ularning soni 138 dan ortiq.

Har ikki yilda bir marta "O‘zbekiston -umumiy uyimiz" shiori ostida do‘stlik va madaniyat festivali o‘tkazib kelinadi. 2017 yilning yanvar oyida   muhtaram prezidentimiz tashabbusi bilan Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi tashkil etilganligining 25 yilligi yurtimizda keng miqiyosda nishonlandi. Shu yili o‘tkazilgan festivalga adabiyot yunalishi bo‘yicha ishtirok etib, festival laureati bo‘lish menga ham nasib etdi.

2017 yilning 19 may kuni davlatimiz rahbarining "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni mamlakatimizdagi milliy madaniy markazlar hayotida, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish borasida yangi istiqbollarni ochib berdi, bu sohadagi ishlarda tub burilish yasadi. Farmon bilan Respublika bainalmilal milliy-madaniy markazi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil edildi. Toshkent shahridagi eski Bobur bog‘i Do‘stlik bog‘iga aylantirildi. Respublikadagi milliy markazlar uchun alohida bino ajratildi.

Hozirda mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida ta’lim 7 tilda olib borilsa, o‘ndan ortiq tillarda ko‘rsatuv va eshttirishlar tayyorlanib, gazeta va jurnallar chop etiladi.

Barchangizga ma’lumki, 2019 yili dekabr oyida "Yangi O‘zbekiston-yangi saylovlar" shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq saylovi natijasiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 20 nafari ya’ni, 13 foizini boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizni parlamentimiz ko‘p millatli parlament.

Hozirgi kunlarda Vatanimiz mustaqilligining 29 yiilligi "Sen-qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekiston" shiori ostida pandemiya davridagi karantin qoidalariga rioya qilgan holda keng nishonlanmoqda. Oradan qancha yillar, asrlar o‘tmasin, qanday sinovlarni boshimizdan kechirmaylik, xalqimizning matonati va jasorati bilan qo‘lga kiritilgan milliy mustaqillik kuni ko‘p ming yillik tariximizdagi eng ulug‘ bayram, hech qachon unutilmaydigan shonli sana bo‘lib qolishi shubhasizdir.

Aqshagul TULEGENOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O'zLIDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    1085
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+