Xorazmlik deputatlarimiz birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihalariga 30 dan ortiq taklif berdi

17.01.2018, 18:40

Xorazmlik deputatlarimiz birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihalariga 30 dan ortiq taklif berdi

 Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida har bir qonun loyihasi saylovchilar, partiya elektorati, turli qatlam va guruhlarning manfaatlari nuqtai-nazaridan atroflicha muhokama qilish kerakligiga e’tibor qaratilgan edi. O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan amaliy muloqotda Murojaatnomada belgilangan ana shu vazifalar muhokama etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat va tuman (shahar) Kengashi deputatlaridan B.Ruzmetov, J.Qurbanov, I.Abdullayev, N.Qo‘shchanova, F.Xadjakov, M.Jumaniyozova, I.Allaberganov ishtirok etib, O‘zbekison Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risda”gi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihalarini o‘rganib chiqib, o‘zlarining 30 ga yaqin taklif-mulohazalarini bildirishdi. Jumladan:

- Fermer xo‘jaliklari va biolaboratoriyalar o‘rtasida shartnomalar tuzish.

- Birjaning mas’uliyatini oshirish va hududlarda yo‘l qo‘yilayotgan muammolarga yechim topish maqsadida “Davlat xaridlari to‘g‘risda”gi qonunga alohida modda kiritish lozim.

- Birjada xaridlar davomida mahsulot turlari va narxini aniq ko‘rsatish va birjada qatnashayotgan tashkilotlarni ekspertlar orqali tekshirish.

- Fermer xo‘jaliklariga zarur urug‘ va kimyoviy vositalarni sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun maxsus paketlar joriy qilish, bunda transport xarajatlarini imtiyozli ravishda qoplab berilishi bo‘yicha qo‘shimchalar kiritish lozim.

                                                                                               Quvonchbek HAMROYEV

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

deputatlik guruhi bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1249
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+