O‘zLiDeP loyihasi doirasida Surxondaryodagi 2565 oilaning shaxsiy tomorqasidan foydalanish ko‘nikmasi shakllantirdi
01.02.2018, 16:06
Aholining o‘z tomorqasidan unumli foydalanishi orqali bozorlarimizni arzon, sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan ta’minlash xalqimiz turmush faravonligining muhim garovidir. Shu bois o‘z tomarqasidan unumli foydalangan holda fuqarolarimizning qo‘shimcha daromad olishlariga ko‘maklashish partiyamizning doimiy e’tiboridagi masaladir.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi boshlangich partiya tashkilotlari bilan ishlash guruhi tomonidan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida o‘tkazayotgan muloqot va uchrashuvlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aholida tomorqadan unumli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishdin iborat. O‘tgan yilda ayni shu maqsadda barcha boshlang‘ich partiya tashkilotlari vohamizning 3230 nafar oilasi biriktirildi va 2565 nafar oilaning o‘z shaxsiy tomorqasidan foydalanish ko‘nikmalari shakllantirildi. Natijada oilaviy tadbirkorligini boshlashlamoqchi bo‘lgan 150 nafardan ortiq oilaga O‘zLiDeP mahalliy Kengash deputatlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Ta’kidlash joiz, O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashida 646 ta quyi bo‘g‘in faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yilning o‘zida 20 dan ziyod yangi quyi bo‘g‘inlar faoliyat boshlagan.
Zebiniso QURBONOVA,
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan
ishlash guruhi rahbari
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring