Andijonda O’zLiDeP quyi bo‘g‘inlaridan konferensiyalarga delegatlar saylanmoqda

16.08.2021, 17:09

Andijonda O’zLiDeP quyi bo‘g‘inlaridan konferensiyalarga delegatlar saylanmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tasarrufidagi partiya tuman, shahar Kengashlaridagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarining umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishlarda O’zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlarining 2021 yilning o‘tgan 8 oyi davomidagi faoliyatlari tahlil qilinmoqda hamda O’zLiDePning joylardagi bo‘limlarining navbatdagi Konferensiyalariga delegatlar saylanmoqda.

Xususan, partiya Andijon shahar Kengashi tomonidan 43-maktabgacha ta’lim muassasasi qoshidagi 27 nafar partiya a’zosini birlashtirgan quyi bo‘g‘inda bo‘lib o‘tgan saylovoldi jarayonlarda safdoshlarning faolligi, siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishda  Muharramoy Zuhriddinova shahar partiya tashkilotining Konferensiyasiga delegat etib saylandi.

Buloqboshi tumanidagi “Sharq yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshidagi 12 nafar safdoshimizni atrofiga jamlagan boshlang‘ich partiya tashkilotining umumiy yig‘ilishida partiya tuman kengashi Konferensiyasiga xalq deputatlari tuman kengashi deputati Sh.Karimov delegat etib saylandi.

Asaka tumanida joylashgan “Do‘rman” MFY qoshidagi 2012 yilda tashkil topgan 86 nafar O’zLiDeP a’zolari faoliyat yuritayotgan tayanch bo‘g‘inda o‘tkazilgan saylovoldi umumiy yig‘ilish yakunida Muhayyo Yakubova,  tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi qoshidagi 14 nafar partiyadoshni birlashtirgan BPT yig‘ilishida esa Olimjon Turg‘unovlar delegat etib saylandilar.

Bo‘stonlik safdoshlar ham quyi bo‘g‘inlardan partiya tuman Kengashi konferensiyasiga delegatlar saylashda munosib nomzodlarni ilgari surmoqdalar. Xususan, “Imkon  rivoji” mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi  2020  tashkil  etilgan  48  nafar  partiya  a’zolarini jamlagan  BPTda bo‘lib o‘tgan  yig‘ilishda  Gulira’no  Mamasoliyeva  delegat  etib  saylandi.

Shuhratbek TURG’UNOV,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    351
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+