“Qo‘rqmang! o‘z biznesingizni boshlang!”

08.11.2017, 17:59

“Qo‘rqmang! o‘z biznesingizni boshlang!”

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Sarkor-hamkor” oilaviy korxonasida “Qo‘rqmang! O‘z biznesingizni boshlang!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshidaxon Xalilova mamlakatimizda tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektor vakillariga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, O‘zLiDePning ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari mazmun-mohiyati haqida gapirdi.

– “Sarkor-hamkor” oilaviy korxonasida tikuvchi bo‘lib ishlayman, – deydi Oltinoy Turdiyeva. – Bugungi tadbirdan so‘ng tadbirkorlikni boshlashga bo‘lgan ishtiyoqim yanada qat’iylashdi. Atrofimga tikuvchilikka qiziqqan dugonalarimni olib, ustozim Gulnoza opa kabi yangi korxona tashkil etish niyatidaman.

Tadbir davomida o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga ishbilarmon ayollar – Gulnoza Mirzayeva, Sanobar Rahimova, Gulsumoy Qodirovalar tavsiya va maslahatlarini berishdi.

Umidaxon ISAYEVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi xodimi  

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1470
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Кадиров Жасурбек-O'zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-05 17:48:41

Юртбошимиз Шавкат Миромоновични ташббуси билан қабул қилинган мазкур қарор ташқи меҳнат миграцияси тизимини янада такомиллаштириш, унинг ташкилий шаклларини тубдан кенгайтириш, меҳнат фаолиятини амалга ошириш учун давлатимиз ташқарисига кетаётган фуқароларнинг меҳнат ва ижтимоий ҳуқуқлари ҳимоя қилинишини таъминлаш ва шу каби бир катор масалаларни ҳуқуқий тартибга солди.


Fikringizni qoldiring

+