O'zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

26.08.2021, 17:02

O'zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Ma’lumki, joriy yilning 24 oktabr kuni mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu muhim siyosiy tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun O'zLiDeP hududiy tashkilotlarida ham tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan.

Bugun “Tashkent City Hilton” mehmonxonasining anjumanlar zalida O'zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Toshkent shahar partiya tashkilotining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovida ishtirokini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar hamda O‘zLiDeP             X S’ezdiga partiya Toshkent shahar tashkilotidan delegatlar saylash masalalar ko‘rib chiqildi.

Hozirda  Toshkent shahrida 102 696 nafar a’zolarni birlashtirgan 1404 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud. Siyosiy jarayonlarda puxta tayyorgarlik ko‘rish, partiya g‘oyalarini keng aholi orasida kuchliroq targ‘ib qilish, partiya faollarini sonini yanada ko‘paytirish, saylovga oid barcha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarni samarali tashkil etish borasida vazifalar belgilanib olindi.

O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    297
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+