Partiyaning S’ezdiga viloyat tashkilotidan delegatlar saylanyapti

26.08.2021, 17:05

Partiyaning S’ezdiga viloyat tashkilotidan delegatlar saylanyapti

Bugun O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazilib, unda barcha tuman Kengashlaridan 130 nafar delegatlar qatnashdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda O‘zLiDeP X S’ezdiga partiya viloyat tashkilotidan delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan, yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, mazkur siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish borasida joylarda saylov bilan bog‘liq barcha tashkiliy ishlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Hozirda Xorazm viloyatida  65 ming 619 nafar a’zolarni birlashtirgan 1037 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud. Siyosiy jarayonlarda puxta tayyorgarlik ko‘rish, partiya g‘oyalarini keng aholi orasida kuchliroq targ‘ib qilish, partiya faollarini sonini yanada ko‘paytirish, saylovga oid barcha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarni samarali tashkil etish borasida vazifalar belgilab olinmoqda. Mazkur vazifalarni joylarda yetkazish maqsadida barcha quyi bo‘g‘inlarda dastlab umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazildi. Shundan so‘ng quyi bo‘g‘inlardan saylangan delegatlar tuman (shahar) kengashlari konferensiyalarida ishtirok etib, eng munosiblari bugungi viloyat konferensiyasiga tashrif buyurgan.

Tadbir davomida, so‘zga chiqqanlar, keyingi besh yilda yangi O’zbekistoda “Davlat ham islohotlar ham avvalo insonlarga xizmat qilishi shart!” degan xaqiqiy xalqona siyosat amalda o‘z ijrosini topganligi, muhimi barcha sohalar mutlaqo yangicha islohot va o‘zgarishlar bilan qamrab olinganligini ta’kidladilar.

O’z navbatida tadbirkorlar va ishbirmonlar xarakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bugun yurtimizda olib borilayotgan bu kabi xalqchil va hayotiy islohotlarning muvaffaqiyatli borishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuch ekanligi qayd etildi.

  Partiyamizning butun maqsad istagi olijanob va tanti xalqimizga sidqidildan xizmat qilish, olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqchida davom ettirish, yurtimizni dunyoning yetakchi davlatlari safidan o‘rin olshishi uchun xarakat qilish, mana shu yo‘lda butun xalqimizni birlashtirishdan iborat ekanligi e’tirof etildi.        

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan Xorazm viloyat partiya tashkiloti Konferensiyasidan partiyaning X S’ezdiga delegatlar saylab olindi.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    303
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+