Toshkent shahri

24.03.2022, 11:09
Mahalladagi ayollar faoli fidoyi, jonkuyar va mas’uliyatli bo‘lishi kerak
Yurtimizda xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish, opa-singillarimizni ulug‘lash va e’zozlash ezgu qadriyat sanaladi. Bugungi kunda ...
17.03.2022, 16:58
Mahalliylashtirish — iqtisodiy rivojlanishning muhim omili
Iqtisodiyotda amalga oshiriladigan tub tarkibiy o‘zgarishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri import o‘rnini bosuvchi, eksportga ...
16.03.2022, 17:05
“Qonun ijodkorligi” yo‘nalishidagi navbatdagi o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi
14-15 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tuzilmasidagi ...
11.03.2022, 17:03
“ANFA CLINIC” MChJda tashkil qilingan BPTning faoliyati sarhisob qilindi
Partiyaning boshlang‘ich tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda.Yunusobod tumanidagi “ANFA CLINIC” MChJda ...
11.03.2022, 14:34
Deputatlik eshituvi: Poytaxtlik mutasaddi rahbarlar issiqlik ta’minoti hamda mahsulotlar eksporti masalasida axborot berdi
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhining kengaytirlgan qo‘shma ...
02.03.2022, 17:45
Ishchi guruh hududlarda: poytaxtimizda “Yaxshidan bog‘ qolar” aksiyasi qizg‘in tus olyapti
Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol ...
25.02.2022, 15:32
Deputatlarimiz “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlarni tahlil qilish barobarida daraxtzorlar ko‘payishiga amaliy hissa qo‘shyaptilar
“Yashil makon”, “Yashil yillik”  umummilliy loyiha va tadbirlarining poytaxtimiz Yashnobod tumanida amalga oshirilishi ...
22.02.2022, 17:38
BPT sarhisobi: 12 nafar yoshlar o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi, 30 nafar yoshlar ishli bo‘ldi
Mirobod tumanidagi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida 35 nafar partiya a’zosini birlashtirib turuvchi ...
21.02.2022, 17:28
Yangihayot va Sergeli tumanlariga tashrif: Rivojlanishning yangi bosqichi
Joriy yilning 18 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlariga tashrif buyurdi. Qator ishlab ...
16.02.2022, 17:32
Quyi bo‘g‘inning o‘tgan yildagi faoliyati ijobiy baholandi
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tegishli qaroriga asosan shu yilning 15 fevralidan e’tiboran boshlang‘ich ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz