Toshkent shahri

19.09.2019, 14:22
Xalq vakili hamisha izlanishda
Bugun hayot shiddat bilan o‘zgarib, kundan-kunga ol­dimizga yangi talablar qo‘ymoqda. Ana shunday bir vaziyatda xalq vakili ...
31.05.2019, 17:58
Bolalarga bering dunyoni
OʻzLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi bilan hamkorlikda “Bolalarga bering ...
29.05.2019, 10:20
Poytaxtimizda “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz – yoshlar!” shiori ostida forum o‘tkazildi
OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi ...
15.05.2019, 16:51
BPT raisi o‘z lavozimida qoldi
Bektemir tumani “QUYUV MEXANIKA ZAVODI” sho‘‘ba korxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan partiya quyi bo‘g‘inining ...
07.05.2019, 17:39
“Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik, izzat-ikromdan bexad xursandman”
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zLiDeP Siyosiy ...
07.05.2019, 16:11
O‘zLiDeP yoshlarni Olmazor kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishtirdi
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi partiyaning Olmazor tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi ...
06.05.2019, 14:53
O‘zLiDeP faollari olmazorlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonida bo‘ldi
O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi xodimlari Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Zaynutdin Abrorov bilan ...
03.05.2019, 15:35
O‘zLiDeP deputati kam ta’minlangan oila vakillarini bepul operatsiya qilishga ko‘maklashdi
Deputat, deganda odamlarning tashvishi bilan yashaydigan jonkuyar, adolatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan shaxs ko‘z oldimizga keladi. ...
29.04.2019, 17:49
Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat
OʻzLiDeP Toshkent shahar va Olmazor tuman Kengashlari hamkorligida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab  “Ajdodlarni ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz