Toshkent shahri

08.11.2018, 16:09
O‘zLiDeP rahbariga 40 nafarga yaqin tadbirkordan minnatdorchilik xati keldi
Bundan ikki oy avval O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi To‘rabek Nazarov boshchiligidagi ishchi guruh “Olmazor” kichik ...
07.11.2018, 12:31
OʻzLiDeP O‘zDJTUda xotin-qizlar tibbiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi
OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” va Uchtepa tuman Kengashi tomonidan partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati ...
02.11.2018, 18:05
OʻzLiDeP yoshlar o‘rtasida sport musobaqasini tashkil etdi
OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi Chilonzor tuman Kengashi bilan hamkorlikda partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Barkamol ...
02.11.2018, 12:16
O‘zLiDePning Yashnoboddagi eng faol deputati va boshlang‘ich partiya tashkiloti aniqlandi (+VIDEO)
Yashnobodda OʻzLiDeP tashkil topganining 15 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi eng faol ...
29.10.2018, 16:04
“Business city” – “Yunusobod” ishbilarmonlik markazi OʻzLiDeP elektorati uchun katta imkoniyatlar yaratadi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 26 oktabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumaniga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilishi mo‘ljallangan ...
25.10.2018, 17:56
Yosh kadrlar – kelajak bunyodkori
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi ...
23.10.2018, 17:36
OʻzLiDeP deputatlari “Hasan-Husan” korxonasiga zamonaviy bog‘cha uchun yer maydoni ajratishga ko‘maklashadi
OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi Prezidentimizning “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil ...
23.10.2018, 15:45
O‘zbekiston-Rossiya: azaliy do‘stlik va hamkorlikning yangi qirralari
O‘tgan haftada O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Prezidenlarining samimiy va do‘stona uchrashuvi nafaqat biz, balki dunyo ...
19.10.2018, 17:10
O‘zLiDeP deputati “Ipakchi” mahallasi bolalari uchun o‘yin maydonchasi qurib berdi
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va hududiy partiya tashkilotlari mas’ul xodimlari, deputatlik korpusi vakillaridan ...
18.10.2018, 18:09
OʻzLiDePning ikki nomzodi deputatlikka saylandi
Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda tuman Kengashlariga 2018 yil 14 oktyabrda bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylov bo‘lib ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz