Toshkent shahri

18.07.2018, 18:34
“Obod mahalla” dasturi doirasida “Muruvvat” mahallasida cho‘milish havzasi qurilyapti
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” dasturi yurtimizning chekka-chekka hududlari qatori poytaxtimizda ham keng ...
11.07.2018, 18:58
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Obod mahalla” dasturi doirasida 44 ta mahallani obod qilishga bel bog‘lagan
O‘zbek xalqining boy va qadimiy tarixidan ma’lumki, ajdodlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga ...
02.07.2018, 17:36
Deputatlarimiz qancha mas’uliyatli, faol, tashabbuskor va jonkuyar bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz
Joriy yilning 29 iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tumanning yangi ...
28.06.2018, 18:54
O‘zLiDeP nomzodi Jahongir Artiqxodjayevning saylovoldi dasturida poytaxtliklar turmush farovonligini yanada yuksaltirish belgilangan
Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun 1 iyul kuni bo‘lib ...
27.06.2018, 10:30
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 10 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda “Yosh kadrlar­ – kelajak ...
24.06.2018, 12:39
Mirobodlik deputatimiz nuroniylarga 100 dan ortiq badiiy kitoblar tarqatdi
Yurtimizda odamlar dardu-tashvishi bilan yashaydigan, hayotini og‘ir va mashaqqatli, sharafli ishga bag‘ishlagan fidoyi insonlar ...
21.06.2018, 18:48
Haddan tashqari murakkab tizim soddalashtiriladi
Mamlakatimiz farmatsevtika bozorining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida joriy yilning 20 iyun kuni “Dori vositalarini davlat ...
21.06.2018, 18:03
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining poytaxtlik ishtirokchi N.Bekmuratova mahsulotlarini Rossiya, Ukraina, Yaponiya va Turkiya davlatlariga eksport qilmoqda
O‘zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi ...
21.06.2018, 16:19
Loyihalar kichik sanoat zonalari hududida amalga oshiriladi
Davlatimiz rahbarining “Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda ...
20.06.2018, 15:44
Poytaxtda kunu tun uch smenali patrul rejimi tashkil etiladi
Davlatimiz rahbarining “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz