Toshkent shahri

29.04.2019, 09:31
OʻzLiDeP aksiyasi doirasida deputatlar yoshlarga kitoblar sovg‘a qildi
Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Yurtimizda ularning sifatli ...
25.04.2019, 16:58
TTESIning 10 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yakkasaroy tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida ...
25.04.2019, 12:09
Totuv turmush kafolati
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomidagi ikki tomonlama uchrashuvlarni ommaviy axborot ...
24.04.2019, 15:53
Ishonchni oqlagan S.Dusmuxamedova BPT raisi etib qayta saylandi
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 23-sonli oilaviy poliklinika qoshida faoliyat yuritayotgan OʻzLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining ...
18.04.2019, 17:12
O‘zLiDeP “Krossfit” bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazdi
O‘zLiDeP Toshkent shahar va tuman Kengashlari hamkorligida “Street sport”,  “Sog‘lom hayotga qadam tashla!” ...
05.04.2019, 17:30
BPT raisiga qayta ishonch bildirildi
O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi qoshida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi ...
12.01.2019, 14:15
Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir
OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan – muqaddas, uni himoya ...
18.12.2018, 17:43
“Infinbank”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi
 O‘zLiDeP Toshkent shahar va Mirobod tuman Kengashi hamkorligida “ATB Infinbank”da Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul ...
05.12.2018, 11:43
O‘zDJTUning 20 nafar talabasi OʻzLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi
OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir ...
03.12.2018, 16:28
Bugun bayrammi yoki...
Hech qanday kuy yoki musiqa ovozi eshitilmagan sahnada raqsga tushayotgan bolalarni koʻrganmisiz? Yoki ohangni tinglamasdan turli-tuman harakatlar ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz