Toshkent shahri

15.10.2021, 17:21
Yashnobod tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazda uchrashuv tashkil qilindi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov “Ishga marhamat” monomarkazda Yashnobod tuman saylovchilari ...
14.10.2021, 20:23
Ishonchli vakil yunusobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov Xalqaro biznes markazi (ITS) anjumanlar zalida Yunusobod tumani ...
14.10.2021, 20:20
Ishonchli vakil Xalq ta’limi bosh boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov Toshkent shahridagi Xalq ta’limi bosh boshqarmasi xodimlari bilan ...
12.10.2021, 12:03
Ishonchli vakil “Shukur Burxonov” mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov Mirzo Ulug‘bek tumani “Shukur Burxonov” mahallasi ...
11.10.2021, 11:10
Ishonchli vakil Davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan muloqot qildi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanovning Toshkent shahridagi Davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuvi ...
11.10.2021, 10:47
Ishonchli vakil bektemirlik saylovchilar bilan uchrashdi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanovning Bektemir tumani madaniyat markazi binosida saylovchilar bilan ...
07.10.2021, 18:45
Ishonchli vakil mirobodlik saylovchilar bilan muloqot qildi
O`zLiDePdan Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning Markaziy temir yo‘llar madaniyat saroyida Mirobod tumani saylovchilari ...
05.10.2021, 17:05
Ishonchli vakil Adliya boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R.Kalanovning Toshkent davlat yuridik universitetida Toshkent shahridagi Adliya ...
02.10.2021, 13:36
Ishonchli vakil Milliy paralimpiya qo‘mitasi vakillari, sportchilari va murabbiylari bilan uchrashdi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R.Kalanovning O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi vakillari, sportchilari ...
30.09.2021, 16:15
Ishonchli vakil Mirzo Ulug‘bek tumani saylovchilari bilan muloqot qildi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning  Toshkent shahridagi Inxa universitetida Mirzo Ulug‘bek tumani ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz