Toshkent shahri

20.12.2021, 16:42
"Ogahiy hayoti va ijodi - yoshlar tarbiyasi uchun namuna” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi
O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universtiteti bilan hamkorlikda ulug‘ mutafakkir, serqirra ijodkor ...
16.12.2021, 15:43
O’zMU talaba yoshlari bilan muloqot qilindi
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida “Yangi avlod kadrlari” ...
07.12.2021, 15:24
Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, ...
02.12.2021, 15:39
O’zLiDeP deputati o‘ziga ajratilgan mablag‘ hisobidan 7 ta bolalar maydonchasi qurib berdi
Xabaringiz bor, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlariga hududlardagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish ...
01.12.2021, 11:31
O`zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari ko‘chat ekish aksiyasida qatnashdi
Ma’lumki, xalqimiz ma’naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ...
19.11.2021, 15:37
Yangi O’zbekistonda gender tengliknig huquqiy asoslari
O`zLiDeP “Ayollar qanoti” hamda “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda “Yangi O’zbekistonda ...
17.11.2021, 16:06
Deputat "Maktabda bir kun" loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazdi
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro ...
10.11.2021, 16:28
30 nafar talaba-yoshlar O`zLiDePning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi
O`zLiDeP Toshkent shahar  Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi va Toshkent davlat sharqshunoslik universtiteti bilan hamkorlikda ...
19.10.2021, 16:44
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ...
15.10.2021, 17:23
Ishonchli vakil yangihayotlik saylovchilar bilan uchrashdi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov Yangihayot tumani saylovchilari bilan uchrashdi.Ishonchli vakil nomzodning ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz