Toshkent shahri

29.09.2021, 17:04
Ishonchli vakil Olmazor tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti majlislar zalida Olmazor ...
28.09.2021, 16:04
Ishonchli vakil ichki ishlar xodimlari bilan muloqot qildi
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning Toshkent shahridagi Ichki ishlar organi xodimlari bilan uchrashuvi ...
22.09.2021, 18:35
Insonparvar siyosat yurtdoshlarimiz hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda
Besh yil muqaddam yaqin o‘tmishda mamlakatimizda amalda bo‘lgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyiliga barham ...
26.08.2021, 17:02
O'zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Ma’lumki, joriy yilning 24 oktabr kuni mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ...
17.08.2021, 16:32
“Shift ko‘chishi” hodisasi qaytarilmasligi uchun...
Barcha davlatlarda, hatto yuksak taraqqiy etgan mamlakatlarda ham katta-kichik noxush hodisalar bo‘lib turadi. Bunga istagancha misol keltirish ...
27.03.2021, 13:44
Poytaxtlik pedagoglar va aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi, “Yoshlik” talabalar shaharchasi Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan ...
15.03.2021, 16:26
O`zLiDeP deputati, tadbirkor poytaxtlik 22 nafar yoshlar uchun 48 soatlik o‘quv kursi tashkil etdi
O`zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi va Yoshlar ishlari Agentligi Chilonzor tuman  bo‘limi  hamkorligida Chilonzor tumanidagi  ...
13.10.2020, 17:45
O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning Respublika konferensiyasiga Toshkent shahridan delegatlar saylandi
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Yoshlar qanoti”ning Konferensiyasi o‘tkazildi.Unda “Yoshlar qanoti”ning ...
23.09.2020, 12:15
O‘zLiDeP Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashida “Yoshlar qanoti”ning hisobot konferensiyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi majlislar zalida O‘zLiDeP Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashi “Yoshlar ...
25.02.2020, 18:42
Deputatlar poytaxtdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishdi
O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi vakillari, shahar va tuman kengashlari deputatlari A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi ...
Fazilov Ravshan Abdulxayevich

Fazilov Ravshan Abdulxayevich

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi.

1961 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1983 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-mexanik, iqtisodchi, xuquqshunos. O‘zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 1983 yilda “O‘zbekxlopkomash” ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-konstruktor lavozimida boshlagan. 1987-1989 yillarda “Progress” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh mutaxassisi, bosh direktor o‘rinbosari, 1989-1990 yillarda mahalliy sanoat Vazirligi Boshqarmasi boshlig‘i muovini, bo‘lim boshlig‘i, bosh boshqarma boshlig‘i muovini, 1990-2000 yillarda “O‘zrembыttexnika” konserni boshqaruvi raisi, bosh direktori, “Feruz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2007 yillarda “K&N Ibrakom” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi menedjeri, 2007-2011 yillarda “Feruz-Femida” advokatlik byurosi direktori,  2012-2017 yillarda “IBRAKOM FZCO” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh vakili lavozimlarida ishlagan.

 2005-2014 yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, 2017-2019  yillarda Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

2004-2020 yillarda jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi lavozimda faoliyat yuritgan.

2015 yildan  hozirgi vaqtga qadar “Feruz-servis” xususiy korxonasi direktori, 2020 yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali 3 nafar farzandi bor.

Manzil: Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 77 “a”-uy. 

Telefon: 0 371 - 215-67-62
Faks: 0 371 - 281-41-19

Elektron pochta: tsh@uzlidep.uz