Yangi O’zbekiston strategiyasida fuqarolarning sog‘lig‘ini asrab-avaylash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan

11.09.2021, 16:13

Yangi O’zbekiston strategiyasida fuqarolarning sog‘lig‘ini asrab-avaylash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan

Kuni kecha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Partiyamizdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Shavkat Mirziyoyev nomzodini biz delegatlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladik.

Nomzodimizning Yangi O’zbekiston strategiyasida fuqarolarning sog‘lig‘ini asrab-avaylash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida xalqimizga malakali xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi. Ushbu sohaga ajratiladigan mablag‘lar 2 barobar oshirilib, asosiy e’tibor xonadonbay tibbiy profilaktikaga qaratiladi.

Aholi o‘rtasida keng tarqalgan yurak-qon tomir, endokrin, buyrak yetishmovchiligi va onkologik kasalliklarni kamaytirish maqsadida alohida dasturlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi. Birinchi bosqichda 46 ta tumanlararo perinatal markazlari barpo etiladi.

Nogironligi bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizni sog‘lomlashtirish uchun Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi va uning filiallari tashkil qilinadi.

Bundan tashqari nomzodning dasturida xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish maqsadida ularga soliq imtiyozlari berish davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushi hozirgi 12 foizdan 25 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, 11 ta tibbiyot oliygohi transformatsiya qilinib, ularning qoshida klinikalar tashkil etiladi hamda o‘qituvchilarning ilg‘or xorijiy davlatlarda tizimli malaka oshirishi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, o‘zimizda ishlab chiqarilgan dori-darmon va tibbiyot vositalarining miqdori 80 foizga yetkaziladi. Ushbu tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlar yana 5 yilga uzaytirilib, zamonaviy farmatsevtika klasterlari hamda zonalari tashkil etiladi va mavjudlari yanada rivojlantiriladi.

Eng muhim masalalardan yana biri sanitariya-epidemiologiya xizmatining xalqaro maqomga ega 250 dan ziyod laboratoriyalari tashkil etilshidir.

Chunki bu sohaning naqadar muhimligini pandemiya davri bizga yaqqol ko‘rsatilgani guvohi bo‘ldik.

Maaqsad ham bitta, u ham bo‘lsa sog‘liqni saqlash tizimida yuksak natijadorlikka erishish, aholi o‘rtasida kasalliklarni kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish va o‘rtacha umr ko‘rish darajasini oshirishdan iboratdir.

Mavluda Ibragimova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    300
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+