Porloq istiqbol bunyodkorlarini tarbiyalash oliy maqsadimiz

24.09.2021, 16:18

Porloq istiqbol bunyodkorlarini tarbiyalash oliy maqsadimiz

Ishonchli vakil Angren saylovchilari bilan tashviqot jarayonida qardosh tojik millati vakillari bilan uchrashuv barobarida shahardagi tojik tilida ta’lim beriladigan 17-umumiy urta ta’lim maktabida bo‘ldi.

Ushbu maskanda ustoz-murabbiylar bilan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan  ustuvor vazifalar haqida suhbatlashildi.

Ishonchli vakil maktab jamoasi bilan kechgan suhbat asnosida so‘nggi besh yilda O’zbekistonda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik omili davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganini ta’kidladi.

O’zbek bilan tojik ikki tilda so‘zlashadigan bitta millatdir, degan naql ham bejiz paydo bo‘lmaganini qayd etdi.

Joylardagi aholining turli millat vakillari bilan o‘tkaziladigan saylovoldi uchrashuvlarida nomzodimiz tomonidan taqdim etilayotgan Yangi O’zbekiston strategiyasi, qolaversa, saylovoldi dasturi ular tomonidan bildiriladigan qo‘shimcha fikrlar, taklif va tashabbuslarni o‘rganish hisobiga yanada boyitilishini aytdi.

Nomzod saylovoldi dasturidan o‘rin olgan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash masalalari bundan buyon ham ustuvor tarzda diqqat markazida bo‘lishini ta’kidladi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yilda sohada erishilgan yutuqlarning negizida mamlakatimizda olib borilgan islohotlar yotganini ta’kidlashdi.

Shogirdlarining fan olimpiadalarida g‘olib bo‘layotgani, bitiruvchilarning oliy ta’limga qamrab olinish ko‘rsatkichlarining oshayotgani ta’lim tizimini mustahkamlashga qaratilgan oqilona siyosat natijasi ekanini aytishdi.

Bundan tashqari, yurtimizda millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar hammaga birdek teng huquq va erkinliklar ta’minlangani kam sonli millatlar hayotida muhim rol o‘ynashini alohida qayd etishdi.

Bu kabi hayotbaxsh islohotlarning asoschisi bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

matbuot xizmati 

Teglar
  • Ko'rildi
    325
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+